Eng yaxshi dunyo brendlari reytingi

Eng yaxshi dunyo brendlari reytingi

“Eng yaxshi dunyo brendlari” (Best Global Brands)—brendlar ishlab chiqaruvchi Interbrand kompaniyasi tomonidan har yili tuziladigan reyting. E’tibor berilsa, reytingda o‘tgan yilgi natijalar qariyb o‘zgarmagan. Ya’ni ro‘yhat karvonboshisi texnologiya kompaniya brendlaridir.

2015 yildagi reyting yetakchisi Apple kompaniyasi. Ekspertlari “tishlangan olma”ni 170,3 milliard dollarga baholadi. Kompaniyaning o‘tgan yilgi bahosi 118,9 milliard dollarni tashkil etgandi.
Aplle

Ikkinchi o‘rinda xamon Google kompaniyasi. Brend narhi—120,3 milliard dollar.
Google

Reytingning uchinchi o‘rnida Coca-Cola brendi. Uning ortidan Microsoft kompaniyasi “quvlab” kelmoqda. Bu yil Redmondagi kompaniya IBM kompaniyasidan o‘zib ketdi. O‘tgan yilga nisbatan bir tiyinga ham qimmatlamagan Samsung kompaniyasi hanuz yettinchi o‘rinda.

Best Global Brands kompaniyasining Top-10 ligiga 37,9 milliard dollarlik Amazon kompaniyasi ham kirgan.

Lenovo va PayPal brendlari ilk bor mos ravishda 100 va 97-o‘rinda qayd etilgan. To‘lov xizmati brendi 4,3 million dollar, Motorola tarkibidan ajralgan xitoy brendi esa 4,1 million dollarga baholangan.

Shunday qilib, bu yilgi reytingga ikkita Xitoy brendi kiritildi. Ikkinchisi Huawei kompaniyasi (88-o‘rin). Ro‘yhatni Nintendo va Nokia kompaniyalari tark etgan.

Interbrand kompaniyasi brendlarni baholashda kompaniya nomi ostida chiqarilayotgan mahsulotlar savdosidan kelayotgan foyda va mijozlarning ularga bo‘lgan yaxshi munosabatlarini mezon qilib olgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.