Eng yaxshi smartfonlar aniqlandi

  •   DiMaX
  •  1253
  •  09.02.2017 20:15

Eng yaxshi smartfonlar aniqlandi

AnTuTu benchmarki ishlab chiquvchilari foydalanuvchilar tomonidan eng yuqori foizda ijobiy baholangan smartfonlar ro‘yxatini taqdim etdi. Reytingning ko‘rsatishicha, yuqori darajada tez ishlashi – smartfon uchun eng muhimi emas ekan.

Mazkur ro‘yxatda g‘oliblik shohsupasini gardishsiz (ramkasiz) Xiaomi Mi Mix egalladi. U 94,4% ijobiy ovoz olgan. Ikkinchi o‘rinda 89,93% natija bilan OnePlus 3 bo‘lsa, uchinchi pog‘ona uning yangilangan versiyasi – OnePlus 3T modeliga (86,23% ijobiy ovoz) nasib qilgan.

Ko‘rinib turibdi – 4 dan 10-gacha bo‘lgan boshqa o‘rinlarni ham Xitoy smartfonlari band etgan. Bular – Meizu Pro 6 Plus, Huawei Mate 9, Vivo XPlay 6, Xiaomi Redmi Note 3, 360 Q5 Plus, Meizu Pro 6s hamda 360 N4S modellaridir.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, AnTuTu – asosan Xitoy smartfonlari sinovdan o‘tkaziladigan benchmark xizmatidir. Qurilmalarning ishlash tezligi bo‘yicha testlarda Samsung, Apple va boshqa ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari reytinglarning yuqori pog‘onalarini egallashgan. Yuqoridagi reyting esa aynan foydalanuvchilarning baholashiga asoslangan, xolos.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.