Eng yaxshi surat oluvchi flagman: bir manzara 10 smartfon talqinida

Eng yaxshi surat oluvchi flagman: bir manzara 10 smartfon talqinida

Quyidagi suratlar iPhone 7 Plus, Samsung Galaxy S7, Google Pixel, OnePlus 3T, HTC 10 evo, Huawei P9, Sony XZ, Xiaomi Mi5s, LG G5 hamda Moto Z kabi davrimizning yetakchi flagmanlarida olingan.

Galaxy S7: Uning 12 MP kamerasi piksellar sig‘imi jihatidan «ajdodi»nikiga nisbatan 4 MP kamaygan. Ammo kameraning yoritish darajasi 25 foizga, piksellar sifati 56 foizga oshgan. Bu esa tiniq va yorqin surat olish imkonini beradi. Orqa kamera LED fotochaqnog‘iga ega. Kameradagi avtofokus tizimi hamda qo‘sh pikselli sensor texnologiyasi smartfon titrab ketgan taqdirda ham yoki kunning xohlagan vaqtida aniq-tiniq surat olinishini ta’minlaydi. Selfi olishga mo‘ljallangan old kameraning piksel sig‘imi esa 5 MP.

Google Pixel: Smartfonning bosh kamerasi 12.3 MP, uning yorug‘lik o‘tkazuvchi optik priborining hajmi f/2.0 bo‘lib, kamera fazali avtofokus, lazerli avtofokus funksiyalari bilan ta’minlangan.

HTC 10 evo: Bu devays 16 MP sig‘imli bosh kameraga ega. U optik barqarorlashtirish, fazaviy avtofokus tizimlari bilan ta’minlangan. Smartfonning old kamerasi 8 MP. Ekrandagi yorug‘lik selfilar uchun fotochaqnoq vazifasini bajaradi.

Huawei P9: U qo‘sh ob’yektivli bosh kameralarga ega bo‘lgan ilk smartfon. U mana shu jihati bilan tarixda qoladi. Uning kamerasi Germaniyaning Leica firmasi bilan hamkorlikda tayyorlangan. 2 ta bosh kameraning har biri 12 MP sig‘imli surat oladi. Ularning diafragmasi F2.2. Birinchi kamera ob’yektni rangli olsa, ikkinchisi oq-qora tasvirda tushiradi. Shundan so‘ng ikkala kamera olgan surat yaxlit holatga keladi. Bu esa ularga rangni eng yuqori darajada aks ettirish, dinamik diapozonni aniqlash, sezuvchanlikni oshirishlari uchun ayni muddao. Shuningdek, qo‘sh kameralar surat fokusini to‘g‘ri aniqlashda muhim ishtirok etadi. Ularda lazerli avtofokus tizimi ham o‘rnatilgan.

 

iPhone 7 Plus: Uning bosh kamerasi 2 ta 12 megapikselli ob’yektivlar jamlanmasidan iborat. Ularning aperturasi, ya’ni yorug‘likni qabul qiluvchi optik priborining hajmi f/1.8, kamera optik barqarorlashtirish, fazaviy avtofokus funksiyalariga ega.

 

LG G5: LG bu smartfonni 2 ta ob’yektivli bosh kamera bilan ta’minlagan. 16 va 8 MP kameralar suratni keng burchak ostida olish imkonini beradi. Ya’ni, odatdagi kameralar oladigan surat 70-75 daraja burchak ostida bo‘lsa, bu qo‘shkamera 130 daraja burchak ostida surat oladi. Kammera tasvirni raqamli yaqinlashtirish (zoom), lazerli avtofokus, tashqi fotochaqnoq bilan ta’minlangan.

 

Moto Z: Bu gadjetning bosh kamerasi 13 MP sig‘imli. Uning hajmi f/1.8 optik pribori barqarorlashtirish hamda lazerli avtofokus tizimlariga ega. Uning old kamerasi 5 megapikselli. Old kamera aperturasi f/2.2. Old kamera piksel hajmi 1.4um bo‘lgani va LED fotochaqnog‘i bo‘lgani bois yorug‘lik past joyda ham selfi surat yaxshi chiqadi.

 

OnePlus 3T: Smartfonda 16 MP old va bosh sensordan foydalanilgan. Kameradagi “Smart Capture” texnologiyasi manzara detallarini yaxshi muhrlaydi. Unda barqarorlashtirishning qo‘sh tizimidan foydalanilgani suratning tiniqligiga xizmat qiladi.

 

Sony Xperia XZ: 23 Mp bosh kamera diafragmasi hajmi f/2.0. U elektron optik barqarorlashtirish, lazerli avtofokus tizimlariga ega. Old kamera sig‘imi 13 Mp.

 

Xiaomi Mi5S: Smartfon 12 megapikselli bosh, 5 MP old kamera sensoriga ega. Aytish joizki, uning bosh kamerasida 2016 yilning ilg‘or Sony IM378 sensori (Google Pixel’da ham) o‘rnatilgan. Kamerada optik barqarorlashtirish tizimi yo‘qligi asosiy kamchiligi sifatida aytiladi.

Mazkur kameralar testi yuzasidan sizni hakamlikka taklif qilamiz va g‘olibni siz aniqlashingizni so‘raymiz. Buning uchun “Terabayt”ning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasidagi ushbu material e’lon qilingan postga izoh qoldirish kifoya! Hamkorlik uchun minnatdormiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.