Epson portativ skanerlari USB orqali quvvatlanadi

Epson portativ skanerlari USB orqali quvvatlanadi

Yaponiyaning Epson kompaniyasi mobil segmentga mo‘ljallab, WorkForce ES-200 va WorkForce ES-300W markasidagi portativ skanerlarni taqdim etdi. Har ikkala model iik taraflama skanerlash va tezkor ishlash xususiyatlari (bir daqiqada 25 sahifa) bilan ajralib turadi, deb yozmoqda 3D News.

Skanerlar elektr tarmog‘idan va USB-kabeldan quvvatlangan holda ishlashi mumkin. ES-300W modeli esa simsiz aloqani qo‘llab-quvvatlagani tufayli u mobil qurilmalar va kompyuter bilan masofadan bog‘lana oladi.

WorkForce ES-200 va WorkForce ES-300W skanerlariga TWAIN drayverlari sozlangan, bu esa ular bilan ishlash jarayonini osonlashtiradi. Shuningdek, o‘ramga Epson Document Capture, ABBYY FineReader va NewSoft Presto! BizCard dasturiy ta’minotlari kiritilgan.

Skanerlar 249 va 299 dollar narxlarida sotuvga chiqarilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!