«Yer 2050-da»: kelajak shaharlari qanday bo‘ladi?

«Yer 2050-da»: kelajak shaharlari qanday bo‘ladi?

«Kasperskiy laboratoriyasi» MWC 2017 ko‘rgazmasida «Yer sayyorasi 2050 yilda da» deb nomlangan loyihasini taqdim qildi. Kompaniya mutaxassislari bugungi texnologik rivojlanish tendensiyalarini inobatga olib, 2050 yilda sayyoramiz shaharlarining tasvirini bunyod etdilar.

«Yer sayyorasi 2050 yilda» — interaktiv loyiha bo‘lib, uning maqsadi – keyingi 30 yillikda yuz berishi kutilayotgan barcha texnologik va ijtimoiy o‘zgarishlar bo‘yicha prognozlarni yagona platformaga to‘plashdir. Kompaniya ekspertlariga loyihani amalga oshirishda taniqli olim va futurologlar, jumladan taniqli “kelajak bashoratchisi”, aniq tahlillari bilan mashhur Yan Pirson yordam berdi.

«Yer sayyorasi 2050 yilda» saytida jahonning 80 ta shahri va hududida sodir bo‘lishi kutilayotgan ssenariylar mavjud. Ushbu resursdagi kelajak muhiti tasvirlangan interaktiv panoramalar 12 ta shahar bo‘ylab kelajakka sayohat qilish imkonini beradi.

Ushbu resursda 2030, 2040 va 2050 yillarda kutilayotgan ko‘plab bashoratlar aytilgan. Ulardan eng ijobiylari qatorida global isish oqibatida Sibirda qishloq xo‘jaligining gullab-yashnashini keltirish mumkin.

Shu bilan birga, loyihada aytilishicha, 2050 yilda hakkerlar oydagi ma’lumot uzatish stansiyalariga hujum uyushtirib, uni egallashga harakat qilishadi. Qolaversa, ekspertlar 2050 yilga kelib insoniyat yerlarni sug‘orish maqsadida dengiz suvini nano-texnologiya yordamida qayta ishlay boshlashini aytishgan.

Saytga kirib, kelajak bashoratlari bilan bemalol tanishib chiqishingiz, fikr-mulohaza va qarashlaringizni qoldirishingiz mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.