Ericsson Mobility Report: 2022 yilda 5G tarmog‘iga yarim milliard qurilma ulanadi

Ericsson Mobility Report: 2022 yilda 5G tarmog‘iga yarim milliard qurilma ulanadi

Server News saytining Shvetsiyaning Ericsson kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga tayanib xabar berishicha, ilk 5G standartida ishlaydigan tarmoqlar 2020 yilda paydo bo‘ladi va 2022 yilga borib ushbu tarmoqqa ulangan qurilmalarning soni esa 550 millionga yetishi mumkin.

Ericsson Mobility Report hisobotida belgilanishicha, 5G qoplam geografiyasi bo‘yicha Shimoliy Amerika yetakchilik qilishi kutilmoqda (5G standartidagi tarmoqning 25 foizi ushbu mintaqa hisobiga to‘g‘ri kelishi mumkin). Ikkinchi o‘rinda Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi (10%), uchinchi o‘rinda esa G‘arbiy Yevropa (5%) qayd qilingan.

5G texnologiyasida internet uzatilishining tezligi joriy mobil tarmoq tezligidan bir necha yuz marta tezkor bo‘lgani sababli, u qurilmalardan turli maqsadlarda foydalanish imkoniyatlarini yaratadi. Jumladan, IoT (Internet of Things) sohasining rivojiga ijobiy ta’sir o‘tkazishi ta’kidlangan.