Erkaklarni smartfon va Wi-Fi zararidan himoyalovchi ichki kiyim yaratildi

  •   DiMaX
  •  2256
  •  16.11.2017 17:07

Erkaklarni smartfon va Wi-Fi zararidan himoyalovchi ichki kiyim yaratildi

Simsiz aloqa vositalari chiqarayotgan nurlanish inson salomatligi uchun xavfli ekanligi haqida ko‘plab yirik ilmiy muassasalar bong urib kelishmoqda. Xususan, erkaklarning jinsiy hayot bilan bog‘liq muammolariga ham shu gadjetlar ko‘p sababchi bo‘lib qolmoqda. Shuni inobatga olib, tadqiqotchilar erkaklar uchun mazkur nurlanishdan asrovchi ichki kiyim yaratishdi, deya xabar beradi Hi-Tech Mail.Ru.

O‘QING: Telefonni qaysi cho‘ntakka solish kerak?

AQShdagi yetakchi klinikalardan birining o‘tkazgan tadqiqoti natijalariga ko‘ra, smartfonni kuniga 4 soatdan oshiq vaqt mobaynida cho‘ntagida olib yuradigan erkaklarda befarzandlik xavfi ikki karra oshar ekan. Shu bois ham, o‘z salomatligini o‘ylaydigan erkaklar, yigitlar va o‘g‘il bolalar bu kabi devayslarni bel sohasidan uzoqroq tutishlari tavsiya etiladi.

Biroq tinib-tinchimagan tadqiqotchilar kishini simsiz nurlanishning har qanday turidan muhofaza etuvchi ichki kiyim yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. SPARTAN deb ataluvchi mazkur kiyimning yaratilishida xuddi fazogirlar liboslaridagi ilg‘or texnologiya qo‘llanadi. Uning materiali WaveTech deb ataladi va yuksak texnologiyali mazkur mato kumush hamda paxta tolalari aralashmasidan tayyorlanadi. WaveTech xuddi har qanday nurlanishlarning yo‘lini to‘suvchi Faradey qalqoni (yoki elektromagnit himoyasi) kabi ishlaydi. Undan tayyorlangan ichki kiyim smartfonlardan va Wi-Fi to‘lqinlaridan kelayotgan nurlanishlarning 99 foizini ushlab qolishga qodir.

O‘QING: Diqqat: eng xavfli va eng xavfsiz smartfonlar reytinglari

Xo‘sh, «kumush tolali» ichki kiyim tanaga noqulaylik tug‘dirmaydimi? Uni yaratgan ixtirochilarning ta’kidlashlaricha, bir necha oylik tadqiqotlar davomida ular turli matolarning yuzlab prototiplarini yaratib sinab ko‘rishgan. Nihoyat, xuddi oddiy ich kiyim kabi qulay material va uning asosida ichki kiyim tayyorlashga erishishgan.

Yana bir jihatiga e’tibor qaratish lozim: kumush o‘zi bakteriyalarga qarshi tabiiy vosita hisoblanadi va yangi ishlanma bu tarafi bilan ham foydalidir.

O‘QING: Eng xavfsiz Android-smartfon ma’lum qilindi

Erkaklar uchun yangicha innovatsion ichki kiyimlar qora, ko‘k, qizil, yashil va kul rang tuslarda ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, o‘zingiz biror betakror rangdagisini buyurtma qilsangiz ham bo‘ladi.

Mazkur ichki kiyimning bir jufti 40 yevro narxida savdoga qo‘yilgan. Agar undan xarid qilish istagi tug‘ilgan bo‘lsa, mana bu havola orqali loyihaning Kickstarter’dagi manziliga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Erkaklar sog‘ligi uchun Wi-Fi xavfli!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!