Ertaga poytaxtda “MobiSon-2017” konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

Ertaga poytaxtda “MobiSon-2017” konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

Har yili Markaziy Osiyodagi yagona mobil konferensiya mobil sohasining eng qizg‘in tendensiyalarini muhokama qilish uchun dunyoning turli mamlakatlaridan mutaxassislarni yig‘adi. Mazkur anjumanning bosh homiysi – “Beeline” kompaniyasi, konferensiya tashkilotchisi – “Ledokol Group”. Ikkinchi marta o‘tkazilayotgan anjumanni Respublika Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rasmiy qo‘llab-quvvatlamoqda.

Bu yilgi konferensiyada mobil aloqa sohasidagi yetakchi mutaxassislar, Yandeks, Odnoklassniki, UFOX kompaniyasining vakillari ishtirok etishadi hamda 20 dan ziyod spikerlar so‘zga chiqishadi.

“MobiSon konferensiyasiga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganidan mamnunmiz, - deydi “Unitel” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashqi aloqalar va kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Oraz Abdurazzoqov. – Bunday tadbirlar soha rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, kelgusi yil uchun tendensiyalar va istiqbollarni shakllantiradi. Tajribalar bilan o‘rtoqlashish, hamkasblar bilan fikr almashish, shuningdek raqamli sanoatning global tendensiyalari bilan tanishi imkoniga ega ekanligimizdan mamnunmiz.

Anjumanda raqamli, Internet-marketing, mobil texnologiyalar va kommunikatsiyalar sohasida mutaxassislar eng dolzarb professional mavzularda suhbat qurishadi. Misol uchun, bu miqiyosda mazkur maydonda birinchi marta ommaviy axborot vositalarining istiqbolli yo‘nalishi sifadia video-bloggerlik masalalari muhokama qilinadi. Ekspertlar ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini mobil tijorat va mobil banking masalalariga ham e’tibor qaratishadi. Eng qizg‘in bahslar eskirgan marketing tushunchalari va uning raqamli shaklga aylanishi va ijtimoiy tarmoqlardagi eng faol tendensiyalarga bag‘ishlangan sessiyalarda kutilmoqda.

Xurshida NAZAROVA

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.