Eski qo‘shiq yangicha ohangda: Rossiyada telefon firibgarlari o‘z qurbonlarini yangicha usulda ovlamoqda

  •   Saroy
  •  1263
  •  23.07.2018 15:57

Eski qo‘shiq yangicha ohangda: Rossiyada telefon firibgarlari o‘z qurbonlarini yangicha usulda ovlamoqda

Rossiyada millionlab mijozlar  «Yula» yoki Avito xizmatlaridan foydalanadi, aloqa esa barcha uchun ochiq,  shu bois firibgarlar ularning pulini o‘g‘irlashning yangi-yangi yo‘llarini izlab topmoqdalar.

Masalan, siz biror narsani sotmoqchisiz, internetga e’lon berdingiz. Qo‘ng‘iroq jiringlaydi: «Biz oldindan pulini to‘liq o‘tkazmoqchimiz». Siz  hayron qolasiz, lekin rozi bo‘lasiz — kim ham pulni tezroq olishni istamaydi? Xudi shu yerda firibgarlik boshlanadi.

Garchi, bu juda eski usul, ammo firibgarlar shundan ham yangicha yo‘llarini qidirib topadi va sodda va beparvo fuqarolarda sinab ko‘rmoqdalar.   «Xaridor» karta raqamini so‘raydi, keyin sizga xizmat ko‘rsatayotgan bankda ish tartibi o‘zgarganini ma’lum qiladi — hozir bank xodimi sizga qo‘ng‘iroq qiladi va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida SMS orqali sizdan kartangiz kodini so‘raydi.

SMS da jo‘natilgan kod raqami yordamida firibgarlar onlayn-bank orqali sizning pullaringizni yechishga harakat qiladi. Ular sizning telefon raqamingizni bilib olgan (e’lon orqali) va  undan bank saytidagi shaxsiy kabinetingizga kirishda foydalanadi. Bu ishda ularga yetishmayotgan yagona  narsa –  SMS orqali keladigan karta kodi raqami. Shundan keyin bank  hisobingizdagi pullar firibgarlarning bank yoki mobil hisoblariga o‘tkaziladi. Buni isbotlash amalda juda qiyin.

Firibgarlar mijozining kimligini uning o‘zini tutishidan bilib oladi. Boshda ular bo‘lajak qurbonida eng ommabop  — «Sberbank» kartasi bor deb o‘ylaydi. Agar qurbonida boshqa bankning kartasi bo‘lsa, ko‘p hollarda buni suhbat chog‘ida yo‘l-yo‘lakay uning o‘zi aytadi: «Yo‘q, menda ...». Firibgarlar yangi ma’lumotni qo‘lga kiritib: «Darvoqe, men hozir sizning bankizda edim, bu yerda ish tartibi boroz o‘zgaribdi, hozir telefonni bank xodimaga beraman» deydi.

«Xodim» go‘yo sizning kartangiz haqidagi  ma’lumotlarni o‘rgangan bo‘ladi: «Bu unchalik oson emas, menga SMS orqali jo‘natiladigan kod raqami kerak». Ammo, ko‘pchilik bilishmaydiki, banklar hech qachon mijozidan bu kabi ma’lumotni so‘ramaydi, chunki bu kabi ma’lumotlar shundog‘am bankning o‘zida bo‘ladi. Firibgarlarning mana shunday xurujlariga «Sberbanka», «Alfa Bank», «VTB», «Tinkoff» va  boqa bir qator banklarning mijozlari duch kelishgan.

O‘QING:Android foydalanuvchilari ehtiyot bo‘ling, pulingizni o‘g‘irlashadi!

Shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, banklar hech qachon, har qanday sharoitda ham kod va boshqa ma’lumotlarni SMS orqali jo‘natishni so‘ramaydi. Shu bois kartangiz yoki bank hisobingiz haqidagi ma’lumotlarni hech qachon oshkor qilmang hamda bu haqda yaqinlaringizni ham ogohlantiring. To‘g‘ri,   bularning yangilik tomoni yo‘qdek  «ushbu usulni shundog‘am hamma biladi», desangiz, u holda siz qattiq adashasiz. Firibgarlar shu ish bilan shug‘ullanayaptimi, demak hali ham oramizda ular qidirgan sodda odamlar bor, deyiladi xabarda.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, pulni o‘tkazish uchun karta raqamini bilishning o‘zi kifoya qiladi, faqat ayrim holatdagina karta egasining ismi sharifi kerak bo‘ladi. Qolgan ma’lumotlarni faqat firibgarlar so‘rashi mumkin: 

Qolgan ma’lumotlar – kartaning amal qilish muddati, pin-kod, kartaning teskari tomonidagi CVC-kod va   «mobil bank»ning parol raqami, shuningdek SMS orqali keladigan kodlar — bularning barchasi begonalarga aytish mumkin bo‘lmagan ma’lumotlar hisoblanadi.

O‘QING:Bir yilda Hindistondagi 72 foiz kompaniyaga kiberhujumlar kuzatildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!