Estoniyada robotlar festivali bo‘lib o‘tdi

Estoniyada robotlar festivali bo‘lib o‘tdi

Estoniya poytaxti Tallin shahrida robototexnika sohasidagi ixtirolarga bag‘ishlangan forum o‘z ishini yakunladi. Unda bir yarim mingga yaqin ishtirokchi qatnashdi. So‘nggi yillarda robototexnika sohasi jadal rivojlanmoqda. Hozir dunyo robototexnika bozorida yillik pul aylanmasi deyarli 50 milliard dollarni tashkil etadi.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bu yildan-yilga ushbu sohaga bo‘lgan e’tiborning ortib borayotganidan dalolat beradi. Forumda ham robototexnika sohasida faoliyat yurituvchi xodimlar kashfiyotlar va yangi g‘oyalar bo‘yicha o‘zaro fikr almashishdi.

Soha vakili Karl Laasikning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda robotlardan avtomobillarni yig‘ishda, qariyalarga yordamlashishda foydalanilmoqda. Hatto ular futbol o‘ynashni ham uddalashyapti. Kun sayin robotlardan foydalanish tarmoqlari kengayib bormoqda”, – deydi u. Bunday mexanik qurilmalarning ko‘magi, ayniqsa, odam hayoti uchun xavfli, jumladan, tabiiy ofat ro‘y berayotgan hududlarda va huquq tartibot organlari tomonidan o‘tkaziladigan maxsus operatsiyalarda qo‘l kelmoqda. 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.