Etti soatda yig‘iladigan mobil uy

Etti soatda yig‘iladigan mobil uy

Estoniyaning Kodasema kompaniyasi 7 soat ichida yig‘ilib, o‘rnatiladigan temir-beton konstruksiyali uy ustida ishlamoqda. Bundan tashqari, yig‘ilgan uyni osonlik bilan bir joydan boshqa ko‘chirish ham mumkin. Bu haqda New Atlas resursi ma’lumot bergan.

koda-kodasema-22

Garchi mobil uy sotuvga chiqarilmagan bo‘lsa-da, uning narxi 100 000 yevro atrofida bo‘lishi ma’lum etilgan.

koda-kodasema-27

Uy sig‘imi 9 kubometrdan  iborat. Uyni o‘rnatish uchun maxsus asos (poydevor) talab etilmaydi. Uni istalgan qattiq jism ustiga joylasa bo‘ladi. Mobil uy jami 30,3 kvatrat metrli maydonga ega. Maydonning asosiy qismini ikkinchi qavatdagi mehmonxona egallagan. Pastki bo‘limda oshxona, hammom va yotoqxona joylashgan.

koda-kodasema-20

Uy devorlari isitish va sovutish tizimlari bilan ta’minlangan. Firma kelgusida sinf xonasi, kafe va ofislar uchun mana shunday mobil binolarni ishlab chiqarishni ham rejalashtirgan. Mobil uy keyingi yilda sotuvga chiqariladi.

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!