Evan Blass iPhone 8'ning yangi suratini e’lon qildi

Evan Blass iPhone 8'ning yangi suratini e’lon qildi

Bu yilgi iPhone flagmaniga oid mish-mish va insayderlarning xabarlari, ekspertlarning taxmin va "bashorat"lari oqimi har yilgidan ko‘ra shiddatliroq bo‘lmoqda. So‘nggi render surati taniqli insayder Evan Blass tomonidan e’lon qilindi. Quyidagi suratda kutilganidek,  iPhone 8 old paneli to‘liq displeydin iborat. Old panel yuqori qismidan kamera va sensorlar o‘rin olgan.    

Yangi ayfon mustahkam g‘iloflar tayyorlaydigan Urban Armor Gear kompaniyasining maxsus korpusida joylashgan. Bu turdagi korpuslar iPhone 7 ham ishlab chiqarilgan edi. Evan Blassning ma’lum qilishicha, bu surat korpus ishlab chiqaruvchisi tomonidan taqdim qilingan.

Techcrunch nashrida ma’lum qilinishicha, old panel yuqorisidagi sensorlar  iPhone 8 qiyofani skaner qiladigan va taniydigan skanerga ega bo‘lishidan darak bermoqda. Bu texnologiya Touch ID funksiyasining o‘rnini egallashi mumkin. Ya’ni, Apple endi barmoq izlari skaneridan butunlay voz kechadi.

Shuningdek, kompaniyaga daxli bo‘lmagan dasturchilar iOS 11.0.2 proshivkasida ishlaydigan HomePod "aqlli" kolonkasining kodlarini o‘qishga muvaffaq bo‘ldilar. Uning asosida hosil bo‘lgan chizmali surat yangi ayfonga oid ma’lumotlarga to‘g‘ri kelmoqda. The Verge nashriga ko‘ra, romsiz gadjet ko‘rinishdan LG G6 va Samsung Galaxy S8 flagmanlariga o‘xshab ketadi.

The Fortune nashrining yozishicha, yangi ayfon modeli yuqori aniqlikdagi Oled-displey bilan ta’minlanadi.

Apple ilg‘or smartfonini o‘z yurtida kamida $1000 dollardan sotuvga chiqaradi. Shu taxlit, bu telefon apparati kompaniya tarixidagi eng qimmat ayfon bo‘ladi. Devays an’anaga ko‘ra jahon bozoriga Amerikadagi narxidan 30–40% ga qimmatroqqa sotiladi. Uning jahon smartfon bozoridagi narxi $1300–1400 dollarni tashkil qiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!