Eve V plansheti Microsoft Surface Pro’ning raqibiga aylanadi

Eve V plansheti Microsoft Surface Pro’ning raqibiga aylanadi

AQShning Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan Microsoft Surface Pro lineykasidagi planshetlar Windows operatsion tizimidagi eng kuchli qurilmalar hisoblanadi. Ammo ularning narxi bozordagi boshqa planshetlarga qaraganda bir qadar qimmat. Mazkur omilni hisobga olgan holda Eve firmasi bozordagi eng yaxshi Windows planshetni yaratishni boshlab yubordi.

Qurilmaga Eve V nomi berilishi ma’lum qilingan. Tashqi tomondan model Microsoft planshetlariga o‘xshab burchakli qirralar ega, maxsus podstavkasi ham bor. Windows Central saytida berilga xabarga ko‘ra, Yeve V plansheti 12,3 dyuymli 2K formatidagi IGZO LCD ekran, yettinchi avlod  Intel Core M3/i5/i7 protsessori, 8/16 GB LPDDR3 operativ xotira bilan jihozlanadi. Doimiy xotiraning sig‘imi versiyaga qarab 128/256/512 GB.

5P3RtDIn7TUz0ULH5oxg5TvFH4Z2qRj

Model barmoq izi skaneriga ega bo‘ladi. Unga har biri 1 Vt quvvatga ega to‘rtta dinamik o‘rnatilishi ma’lum qilingan. Asosiy kamerasining aniqligi – 5 MP, old kameraniki – 2 MP.

Planshetga 21 noyabrdan boshlab Indiegogo platformasida buyurtma berish mumkin bo‘ladi. Narxi 900 dollar.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!