EVO 5ta shaharda 4G LTE TDD texnologiyasini yo‘lga qo‘ydi

EVO 5ta shaharda 4G LTE TDD texnologiyasini yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekiston axborot kommunikatsion texnologiyalari bozorida EVO markasi bilan tanilgan Super iMax Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Qo‘qon shaharlarida yuqori tezlikka ega 4G LTE TDD texnologiyasini ishga tushirdi, Andijonda ham yaqinda ishga tushirishni rejalashtirilgan, deb xabar beradi kompaniya sayti.

Yangi 4G LTE TDD texnologiyasi avvalgi WiMax o‘rniga joriy etildi. EVO 4G LTE TDD tarmog‘ida internet tezligi boshqa provayderlarnikiga qaraganda sezilarli darajada oshadi va 100 Mb/sga yetadi. Bu katta hajmdagi ma’lumot bilan ishlovchilarga tez va samarali ishlash imkonini beradi.

Hozirga qadar faqat Toshkent shahrida 4G LTE TDD texnologiyasi mavjud edi. Poytaxtning 97,4 foiz qismiga bu xizmat yetib borgan.

Loyiha Koreyaning KT Corporation kompaniyasi ko‘magida amalga oshirildi. KT Corporation bunga 10 mln dollar investitsiya ajratdi.

O‘zbekiston MDHda birinchilardan bo‘lib LTE TDD texnllogiyasini amalga qo‘lladi. Kelajakda axborot kommunikatsion texnologiyalar biznesi rivojlanishiga bu turtki bo‘ladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!