Yevrokomissiya Sony, Panasonic va Sanyo kompaniyalarini yirik jarimaga tortdi

Yevrokomissiya Sony, Panasonic va Sanyo kompaniyalarini yirik jarimaga tortdi

Yevropa komissiyasi Sony, Panasonic va Sanyo kabi yapon kompaniyalariga narx borasida til biriktirgani uchun 166 mln yevro miqdorida jarima belgiladi.

3D News nashrining ma’lum qilishicha,  YeK tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv ishlari natijasida Sony, Panasonic, Sanyo va Janubiy Koreyaning Samsung SDI kompaniyalari litiy-ionli batareyalar narxini oshirishgani, shu bilan birga, turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan kelgan so‘rov va talablar haqidagi muhim maxfiy ma’lumotlarni o‘zaro almashishgani oshkor bo‘lgan.  Bunday kartelga (til biriktirish) mazkur kompaniyalar orasida 2004-2007 yillar davomida bozordagi raqobatdan qochish maqsadida amal qilingan.

Kartelda qatnashgan barcha brendlar o‘z aybini  tan olib, jarimani to‘lashga rozilik bildirgan. Sony, Panasonic va Sanyo kompaniyalari jami 166 mln yevro miqdoridagi jarimaga tortildi. Samsung SDI esa surishtiruvda faol ishtirok etib, kartel haqida Yevrokomissiyaga ma’lumot bergani sababli unga nisbatan jazo belgilanmagan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!