Yevropa davlatlari vazirlari Meta'ning tahdidiga javob qaytarishdi!

Yevropa davlatlari vazirlari Meta'ning tahdidiga javob qaytarishdi!

Meta kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmoqlarini Yevropa davlatlarida bloklashini aytdi. Germaniya va Fransiya vazirlari esa "Ularsiz ham uddalaymiz" demoqda. 

Gap shundaki, Meta'ning asosiy daromadi boshqa kompaniyalarning reklamalarini Facebook va Instagram platformalarida chiqarib berish orqali keladi. Bunda kompaniya foydalanuvchilar ma’lumotlaridan foydalanadi va barcha ma’lumotlar AQSh'dagi serverlarga yuboriladi.

Yevropa Ittifoqi esa o‘z fuqarolari ma’lumotlarini okean bo‘ylab Qo‘shma Shtatlarga uzatilishini xohlamaydi, aniqrog‘i 2020-yilda Yevropa sudi o‘z fuqarolari ma’lumotlarini Amerikada xavfsiz bo‘lmaydi deya qaror qilgan va ma’lumotlar almashinuvini cheklab qo‘ygan. 

Shunday qilib, Meta kompaniyasi o‘tgan payshanba kungi yillik hisobotida agar Yevropa Ittifoqi foydalanuvchilar ma’lumotlarini ulashishga to‘sqinlik qiladigan bo‘lsa u o‘zining eng mashhur ikkita xizmati, Facebook va Instagram'ni Yevropa davlatlarida foydalanishdan to‘xtatishi mumkinligini  ma’lum qildi. 

Kecha, dushanba kuni esa Germaniya Iqtisodiyot vaziri Robert Xabek Parijda Fransiya moliya vaziri Bruno Le Maire bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda "Xakerlar hujumiga uchraganimdan so‘ng Facebook va Twitter'siz 4 yil davomida yashadim va hayot juda ajoyib edi" dedi. "Men Facebook'siz hayot juda yaxshi ekanligini va Facebook'siz juda yaxshi yashashimizni tasdiqlayman", - deya qo‘shimcha qildi Le Maire. 

Juftlik Meta'ning tahdidiga javob qaytarishdi va Yevropa Ittifoqi katta iqtisodiy kuchga ega bozor ekanligini ta’kidlab, birgalashib harakat qilishni ham taklif qilishdi. 

O‘QING: Microsoft Windows 11'da sirli funksiyalarni sinayotgani fosh bo‘ldi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!