Exynos 2200 haqiqatan o‘ta kuchli bo‘ladi

Exynos 2200 haqiqatan o‘ta kuchli bo‘ladi

Samsung'ning Exynos 2200 chipseti bir necha ommabop benchmark platformalarida ko‘rinish berdi. Holbuki, protsessorning Geekbench'dagi natijasi taqsinga loyiq chiqmadi. Ammo SoC grafikaga urg‘u qaratilgam GFXBench etalon testida anchayin yaxshi natija qayd etdi.

O‘QING: SoC nima?

Sizdirilgan yangi ma’lumot Exynos 2200'ning soat signali haqida axborot bermoqda. Sizdirilgan ma’lumotda yana aytilishicha, Geekbench'da sinalgan Exynos 2200 o‘sha paytda kamaytirilgan tezlikda ishlayotgan bo‘lgan.

Taniqli insayder Ice Universe'ning ma’lum qilishicha, Exynos 2200 uchta CPU klasteriga ega bo‘ladi. Eng kuchli Cortex-X2 yadrosining soat tezligi 2,9 GHz bo‘ladi. Ikkinchi klasterda esa 2,8 GHz chastotali uchta yadro, uchinchisida esa 2,2 GHz chastotali to‘rtta yadro bo‘ladi. Aniq shunday ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, ikkinchi klaster ARM'ning Cortex-A710, uchinchi klaster esa Cortex-A510 yadrolaridan foydalanishi ehtimoli bor.

Ice Universe'ning qo‘shimcha qilishicha, yuqoridagi konfiguratsiya Galaxy S22 Ultra uchun eksklyuziv bo‘ladi. Galaxy S22 va S22+ lar SoC'si boshqacha konfiguratsiyali bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Samsung'dan tub burilish: kompaniya o‘zining besh yillik an’anasini buzmoqchi

Exynos 2200'ning AMD GPU'si o‘ta tezkor bo‘ladi

Exynos 2200'dagi AMD Radeon GPU'si boshqa grafik protsessorlarini yer tishlatganiga ko‘p guvoh bo‘ldik. Bunday natijaga protsessorning o‘ta yuqori — 1,250 MHz soat tezligini sabab qilib keltirish mumkin. Qiyos uchun, ushbu ko‘rsatkich desktop toifa Nvidia GeForce GTX 1050 Ti unumdorligi bilan bir xil darajada. Oldingi xabarlarda ham Exynos 2200 GPU'si 1,300 MHz chastotada ishlashi aytilgan edi; demak, ikkita xabar bir-biriga mos kelmoqda.

Exynos 2200'ning texnik ko‘rsatkichlari qog‘ozda qoyilmaqom ko‘rinsa-da, protsessorni sovitish ancha qiyin kechadi. Issiqlik nazorati muammolari bois AMD GPU'sining taqdimoti bir yilga kechiktirilgan edi. Bu gal mazkur holat kuzatilmasligi mumkin, lekin haroratni nazorat ostida ushlab turish uchun yakuniy mahsulot biroz kuchsizlantirilishi ham mumkin. Ko‘p jihatdan, GPU raqiblarni ortda qoldirishi mumkin, lekin CPU borasida bunday deb bo‘lmaydi.

Samsung anchadan buyon o‘zining Exynos chiplarni sovitish borasida qiynalib kelgan va agar Exynos 2200 kompaniya oldidagi eng katta mashaqqat bo‘lib turibdi. Agar koreyslar SoC'ni sovitib turishni uddalay olsa, Exynos 2200 joriy avlod Android SoC'lari orasida eng qudratlisi bo‘lish potensialiga ega bo‘ladi. Natijada, Samsung yillar davomida qo‘ldan boy bergan bozor ulushini qayta tiklab oladi.

O‘QING: Kelasi yildan barcha Galaxy A seriyasi smartfonlari flagmanlarda bo‘ladigan texnologiya bilan jihozlanadi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!