F8 2016: Facebook’ning dasturchilar uchun yillik anjumanidan eng muhim xabarlar

F8 2016: Facebook’ning dasturchilar uchun yillik anjumanidan eng muhim xabarlar

12 aprel kuni Kaliforniyada dunyo bo‘ylab ijtimoiy tarmoq mahsulotlaridan foydalanuvchi dasturchilar tashrif buyuradigan F8 2016 – Facebook’ning yillik anjumani o‘z ishini boshladi.

Unda Facebook top-menejerlari (Mark Sukerberg ham ular safiga kiradi) an’anaviy tarzda platformadagi o‘zgarishlarni e’lon qilishadi va texnologiya rivojining kelgusidagi istiqboli haqida ma’lum qilishadi. Bu safar anjumanning birirnchi kunida asosiy mavzular Facebook Messenger uchun chat-bot va boshqa e’lonlarga qaratildi.

borfe2

Chat-botlar uchun platforma
Microsoft va Telegram’lardan so‘ng Facebook ham chat botlar uchun o‘z platformasini taqim etdi. Endi 2016 yilni chat-botlar yili deb e’lon qilsa ham bo‘ladi. Barchasi juda ham Telegram va Quartz nashrining dasturini eslatadi: suhbat boshlangandan so‘ng bot o‘zaro hamjihatlikni amalga oshirish uchun bir necha variantlarni taklif etadi. Muloqot esa odamlar suhbatiga o‘xshash qilib tuzilgan.
Hozirgi kunda bir necha botlarning xizmati mavjud: : CNN va Wall Street Journal botlari xabarlarni jo‘natishadi, Poncho – esa ob-havo haqida ma’lumot beradi, 1-800-FLOWERS gullarni buyurtma berishga yordamlashadi va h.k.

botfe2

Facebook Live istalgan qurilmalarda
Anjumanda Sukerberg videotranslyasiya servislari uchun ochiq API Facebook Live ishga tushirilganini ma’lum qildi. Avvallari, Feysbukda mobil qurilmalar uchun efirga uzatish faqatgina maxsus Facebook Mentions dasturi yordamida amalga oshirilgan bo‘lsa, endilikda boshqa kompaniyalar ham servisga kirib, o‘z mahsulotlarini joylash imkoniga ega bo‘lishadi.

botfe3

Facebook rahbari DJI dronlarining dasturchilari bilan hamkorlikdagi mehnat mahsulini namoyish etdi: kvadrokopter kamerasini Facebook Live xizmatiga yoqishdi va jonli efir orqali sahnadagi mavzularni translyasiya qila boshlashdi. Periscope’ni yodga soluvchi Facebook Live yaqindan boshlab boshqa ishlab chiqaruvchilarga ham o‘z xizmatlarini joylashlari uchun imkon yaratdi. Natijada, to‘g‘ridan-to‘g‘ri GoPro kameralari orqali jonli translyasiyalar amalga oshirildi.

Facebook’dan 360 gradusli kamera
Facebook video roliklarga juda katta umid bildirmoqda va buni esa xabarlar tasmasida ularga berilayotgan e’tibordan ko‘rish mumkin. VR ko‘zoynaklarining rivojlanishi bilan uch o‘lchamli va 360 gradusli videolarga urg‘u beradi.

botfe4

F8 anjumani uchun kompaniya perimetrga joylashtirilgan 12 ob’yektivga ega Facebook Surround 360 gradusli kamerasini tayyorlab qo‘ygan ekan. Kamera 4K, 6K va 8K sifatidagi videolarni tasvirga olish qobiliyatiga ega.

botfe5

Kameradan tashqari, Facebook suratlarni bir- biriga ulash uchun maxsus dasturni va manba kodini taqdim etadi: kompaniya bu dastur butun ijtimoiy tarmoq video platformasini rivojlantirishiga umid bog‘lashmoqda. Kameraning narxi haqida hozircha aniq ma’lumot mavjud emas.

botfe6

Instant Articles barcha nashrlar uchun taqdim etildi
Instant Articles – bu tasmadagi yuklangan maqolalarni tez aks ettirish usuli hisoblanadi. Bu funksiyani Feysbuk foydalanuvchilarining ko‘pchiligi Wired va BuzzFeed sahifalarini tez va osonlik bilan o‘qish orqali bilib olishgan.

botfe7

Instant Articles’da animatsiyalar, katta fotosuratlar, maqolaning xar hil qismlari uchun layk tugmasi mavjud. Ammo “og‘ir” bo‘lgan ma’lumotlar yuklanmaydi, shuning hisobiga sizning internet trafikingiz tejaladi va Feysbuk sizga tezroq saytni ochib beradi.
12 aprel kunidan boshlab kompaniya barcha OAVlari uchun ushbu instrumentdan foydalana olish imkoniyatini berdi.

botfe8

Manba: Kun.uz