Facebook a’zolariga pul to‘lamoqchi

Facebook a’zolariga pul to‘lamoqchi

Foydalanuvchilarga pul to‘lash orqali ijtimoiy tarmoq yangi a’zolar yig‘ish va sifatli kontent shakllantirishni ko‘zlaydi.

Hozir feysbuk mutasaddilari a’zolarni moddiy rag‘batlantirish yo‘lini izlamoqda. Choychaqa, reklamadan daromad singari usullari ko‘rib chiqilmoqda.

Facebook a’zolar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Ulardan “Amalga undash” (Call to action) tugmasini yaratish haqida taklif-mulohaza so‘raldi. Bu ehson qilish uchun mo‘ljallangan funksiyadir. Shuningdek, foydalanuvchilar qo‘ygan posti orqali pul ishlash fuksiyasini yo‘lga qo‘yish ham ko‘rib chiqilmoqda.

Postdan pul ishlash tartibi ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Bu imkoniyat barchaga taqdim etiladimi yoki faqat mushtariylari ko‘p a’zolargami – aniqlashtirilmadi.

Yaqinda Facebook Live videotranslyasiya xizmati ishga tushirilgan edi. Translyasiyani yangiliklar lentasida yoki do‘stlar guruhida ulashish mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!