Facebook Android uchun Messenger Lite ilovasini chiqardi

Facebook Android uchun Messenger Lite ilovasini chiqardi

Barchaga ma’lumki, Facebook Messenger dunyodagi eng ommabop messenjerlardan hisoblanadi. Biroq mobil aloqa xizmati yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan yoki qimmat bo‘lgan regionlarda mazkur xizmat har doim ham samarali ishlamaydi. Shularni hisobga olgan holda Facebook mazkur messenjerning sodda va bir vaqtning o‘zida kam mobil trafik sarflaydigan Messenger Lite versiyasini chiqardi. Ushbu versiya internet tarmog‘i tezkor bo‘lmagan sharoitlarda ham ishlay oladi.

Facebook bergan xabarga ko‘ra, Messeger Lite avvalo Keniya, Malayziya, Shri Lanka, Tunis va Venesuela davlatlari uchun ishga tushiriladi. Sababi aynan mana shu mamlakatlarda Messeger ilovasidan foydalanadiganlar juda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Keyinroq boshqa regionlar ham qamrab olinadi.

Yangi versiyaning yana bir xususiyati shundaki, u kam tezkor xotira va kuchsiz protsessorga ega bo‘lgan, eskiroq,Android versiyalari o‘rnatilgan telefonlarda ham samarali ishlaydi.

Messeger Lite ilovasining iOS versiyasi qachon chiqarilishi hali noma’lum. Chunki ilova, asosan, arzon va kuchsiz Android qurilmalarga mo‘ljallangan. iPhone’larda bunday muammo bo‘lishi mumkin emas.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!