Facebook bo‘lmasa smartfon 15 foiz tezroq va 20 foiz uzoqroq ishlaydi

Facebook bo‘lmasa smartfon 15 foiz tezroq va 20 foiz uzoqroq ishlaydi

Keng imkoniyatlar va mablag‘ga egaligiga qaramasdan Facebook kompaniyasi Android ilovasi bilan bog‘liq muammoni hal qila olmayapti. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ilova telefon quvvatini so‘rib yuborishidan arz qilishmoqda.

Buning ortidan mahsulotlar bo‘yicha kompaniyaning vitse-prezidenti keskin chora ko‘rgan: iPhoneni yig‘ishtirib Android ishlatishni barcha xodimlardan talab qilgan. Shunga qaramasdan ko‘zlangan natijaga erishilmadi. Hozirga qadar Facebook foydalanuvchilari avtonom ish rejimida mobil ilova quvvatni ko‘p iste’mol qilishidan shikoyat qilmoqda. Buni tasdiqlovchi aniq testlar ham mavjuddir.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!