Facebook'da iPhone aks etgan qadimiy surat e’lon qilindi

Facebook'da iPhone aks etgan qadimiy surat e’lon qilindi

1937 yilda yaratilgan, italyan rassomi Umberto Romano mo‘yqalamiga mansub "Janob  Pinchon va Springfild qishlog‘i" nomli suratda aks ettirilgan hinduning qo‘lida smartfon aniqlangani to‘g‘risida Motherboard yangiliklar tarmog‘ida ma’lum qilingan. Shuningdek, surat Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ham e’lon qilingan.      

Suratning o‘ng tomon quyirog‘idagi hindu qabilasi vakili qo‘lidagi to‘g‘ri burchakli buyumga katta qiziqish bilan tikilyapti. Uning qarashlari bugun smartfonga mukkasidan ketgan odamning nigohidan farq qilmaydi. "Ehtimol u asirlari bilan selfi tushayotgandir", deydi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri. 

Shu bois, ko‘pchilik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hazil tariqasida rassom o‘shandayoq amerikalik smartfon brendi iPhone'ni bashorat qilganini aytishmoqda. Aslida bu nima bo‘lgan, degan savoliga esa taxminlar turlicha: ko‘zgu, ustara yoki kitob bo‘lishi mumkin.

XVII asr aks etgan bu tarixiy suratda Amerikaning tub aholisi bo‘lgan hindular va manilgohlarda joylashib olgan ingliz zobitlari o‘rtasidagi urush holati gavdalanadi. Bu devoriy surat ayni paytda AQShning Massachusets shtatining boshqaruv binosida saqlanadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.