Facebook’da jurnalistlarga ko‘makchi paydo bo‘ldi

Facebook’da jurnalistlarga ko‘makchi paydo bo‘ldi

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida axborot oqimini qulayroq tarzda taqsimlash uchun Signal nomli ko‘makchi dasturcha paydo bo‘ldi. Bu, asosan, jurnalistlarga asqotishi kutilmoqda. Yangi funksiya Facebook va Instagram axborotlari orasida foydalanuvchiga eng keraklisini topib beradi.

Signal bepul. Yangi tizim yordamida jurnalistlar Facebook va Instagram tarmoqlaridan o‘zlarini qiziqtirgan kontentni izlashlari va beligilab qo‘yishlari mumkin. Signal’ning noyob xususiyatlaridan yana biri Facebook va Instagram’da eng ommalashgan mavzularni ko‘rishi va ayni materiallarni izlashidir.

Bundan tashqari muayyan bir mavzuda kontentni izlash imkoniyati mavjuddir, masalan, yaqinda sodir bo‘lgan biror dunyo hodisasi haqida barcha axborotni olish mumkin. Signal’ning afzalliklaridan yana biri materialning eng muhim jihatlarini ko‘rsatishidir. Masalan futbol maqolalarida jamoalar hisobi ko‘rsatib qo‘yiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar bir qancha afzalliklari bois so‘nggi yillarda jurnalistlar uchun tezkor va omma munosabatini aniqlashga qulay axborot manbaiga aylanishmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!