Facebook’da matnli postlar uchun fon rangini tanlash mumkin bo‘ladi

Facebook’da matnli postlar uchun fon rangini tanlash mumkin bo‘ladi

Facebook matnli postlar uchun qo‘llanadigan turli fon ranglarini sinovdan o‘tkazishni boshladi, deb yozmoqda 3D News sayti.

Ushbu funksiya matnli postlarga avval doimo oq rangda bo‘lgan  fon o‘rniga boshqa ranglarni qo‘llash imkoniyatini beradi. Ba’zi ranglarning variatsiyalariga Instagram servisi logotipi singari gradiyentli usulda ishlangan.

Hozircha faqat Android qurilmalar foydalanuvchilari matnli postlarda fon ranglarini tanlashlari mumkin, biroq postda tanlangan fon rangi barchaga ko‘rinishi ma’lum qilingan. Fon rangini tanlash uchun “O chyom vi dumayete?” (“Nima haqida o‘ylayapsiz?) maydoniga nimadir yozish kifoya, shundan keyin matn ostida tanlash mumkin bo‘lgan ranlar chiqariladi.

Bunday yangilik matnli postlar ko‘lamini yanada oshirishga xizmat qilishi aytilmoqda.