Facebook’da to‘liq ko‘rinmas bo‘lishning oddiy usuli

Facebook’da to‘liq ko‘rinmas bo‘lishning oddiy usuli

Facebook’da o‘zingizdan boshqa hech kim faoliyatingizni kuzata  olmasligi, suratlaringizni tomosha qila olmasligini istasangiz, «Layfxaker» nashri bergan ko‘rsatmalarga rioya qiling, deb yozmoqda Daryo.Uz.

1.Profilingizning yuqori o‘ng burchagidagi qulf belgichasini bosing, so‘ng «Boshqa sozlamalarni ko‘rish»ni tanlang.

12-630x230

2.«Maxfiylik sozlamalari va asboblar» bo‘limiga o‘tdingiz. Endi «Siz chop qilgan narsalarni kimlar ko‘ra olishi mumkin?» degan punktda «Faqat men» bandini tanlang.

2-35-680x344

3.Siz avvalgi postlaringizni ham ko‘rinmaydigan qilib qo‘yishingiz mumkin. Buning uchun «Oldingi postlarni ko‘rishni cheklash»ni bosib, so‘ng harakatlaringizni «Ushbu cheklovlarni oldingi postlar uchun qo‘llash» tugmasini bosib tasdiqlang. Endi sizning avvalgi postlaringizni faqat do‘stlaringiz ko‘ra oladi.

3-31-680x303

4-29-680x296

4.«Sizga kimlar do‘stlar safiga qo‘shish so‘rovini yubora oladi?» punktida «Hamma»ni «Do‘stlarning do‘stlari»ga o‘zgartiring. Shu tariqa sizga doimiy ravishda keladigan do‘stlik so‘rovlari ancha kamayadi.

5-29-680x314

5.«Kimlarning postlarini ‘Kiruvchi xabarlar’ papkasida ajratib tashlashni istayman?» punktida asosiy filtrni kuchli filtrga o‘zgartiring.

6-26-680x280

6.Agar barcha foydalanuvchilar ham sizni elektron pochta manzili orqali topishini istamasangiz, «Kimlar sizni o‘zingiz ko‘rsatgan elektron pochta manzili orqali topishi mumkin» punktida «Hamma»ni «Do‘stlar»ga almashtiring.

7-21-680x334 (1)

7.Xuddi shu sxema «Sizni kimlar o‘zingiz ko‘rsatgan telefon raqami orqali topishi mumkin» punkti uchun ham amal qiladi.

8-20-680x348

8.Agar boshqa kishilar sizni qidiruv tizimlari orqali topishini istamasangiz, «Qidiruv tizimlariga Xronikangizga link berish uchun ruxsat berish» punkti qarshisida «galochka» qo‘yilmaganiga ishonch hosil qiling.

9-21-680x328

9.So‘ng menyuning «Xronika va belgilar» bandiga o‘ting va barcha punktlar qarshisiga «Faqat men»ni belgilab chiqing. So‘nggi «Sizga o‘xshaydigan odam tasviri bo‘lgan suratlar yuklanayotganida belgi qo‘yish tavsiyasini kimlar ko‘radi» punktida esa «Hech kim»ni tanlang.

10-19-680x344

10.Shuningdek, «Do‘stlaringiz sizni belgilagan suratlar sizning Xronikangizda chiqishidan avval ko‘rib chiqish uchun jo‘natish» hamda «Boshqa foydalanuvchilar sizni belgilagan suratlar Facebook’da chiqishidan avval ko‘rib chiqish uchun jo‘natish» kabi parametrlarni ham yoqib qo‘yishni unutmang.

11-19-680x345

11.Agar postlaringizni do‘stlaringizdan boshqa hech kim ko‘ra olmasligini istasangiz, menyuning «Obunachilar» bandiga o‘ting va «Mening yangilanmalarimga kimlar obuna bo‘la oladi» punktida «Hamma»ni «Do‘stlar»ga o‘zgartiring.

12-19-680x347 (1)

12.Shundan so‘ng menyuning «Reklama» bandiga o‘ting va «Uchinchi shaxs saytlari» punkti qarshisida «Tahrirlash» tugmasini bosib, «Hech kim»ni tanlang. Xuddi shu harakatni pastroqdagi «Reklama va do‘stlar» punktida ham bajaring.

13-2-680x342

13.Va nihoyat, menyuning «Dasturlar» bandiga o‘tib, «Facebook’ning mobil qurilmalar uchun eski versiyalari» → «Faqat men» punktini tanlang. Shunda Facebook’ning eski mobil dasturlari orqali yozilgan eski postlaringiz boshqa foydalanuvchilarga ko‘rinmaydi.

14-12-680x361

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!