Facebook’dan video ko‘chirib olamiz…

  •   DiMaX
  •  2170
  •  18.01.2017 17:38

Facebook’dan video ko‘chirib olamiz…

Facebook – juda yaxshi tarmoq, unda do‘stlaringiz bilan suhbat qurishdan tashqari, yangiliklardan boxabar bo‘lib borishingiz, qiziqarli surat va videolardan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Lekin uning o‘zida videolarni saqlab olishga imkon beruvchi funksiya yo‘qligi sal chatoq-da…

Hechqisi yo‘q, bu borada qo‘shimcha dastur va ilovalar bizga yordamga keladi. Jumladan, Android platformasida ishlaydigan qurilmalarga Facebook’dagi videolarni yuklab olishning eng oddiy usuli – Video Downloader for Facebook ilovasidan foydalanishdir.

Mazkur ilovani gadjetingizga o‘rnatgach, birinchi marta ishga tushirganingizda, u sizdan Facebook’ka kirish uchun akkaunt ma’lumotlaringizni kiritishingizni so‘raydi. Buni amalga oshirganingizdan so‘ng dastur sizning yangiliklar tasmangizni ko‘zdan kechirib chiqadi, saqlangan postlar, belgilashlar, do‘stlar ro‘yxati kabilarni tahlil qiladi. So‘ngida u sizga qurilmaga yuklab olish mumkin bo‘lgan videolavhalarning katalogini tuzib taqdim etadi.

Video Downloader for Facebook yordamida o‘z yangiliklar tasmangizdagi va o‘z sahifangizdagi roliklarni, shuningdek, do‘stlaringizning videolarini hamda o‘zingiz belgilangan videolavhalarni ko‘chirib olish imkoni mavjud. Bundan tashqari, unda maxsus sharhlovchi rejimi ham bor, unda Facebook’ni xuddi oddiy brauzerdagi kabi, lekin roliklarni saqlab olish funksiyasi bilan ko‘rib chiqish mumkin.

Garchi ayni damda tasmangizda ko‘chirib olishga arzigulik video bo‘lmasa-da, baribir Video Downloader for Facebook dasturini o‘rnatib olaverishingiz mumkin. Zero, ilovaning bo‘limlaridan birida uni ishlab chiquvchilar ko‘plab qiziqarli videolavhalarni to‘plab qo‘yishgan. Ularga bir kirib ko‘rsangiz, keyin bo‘sh vaqtingizda yana kirgingiz kelishi aniq.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!