Facebook endi sizni yuzingizdan taniydi!

  •   DiMaX
  •  835
  •  02.03.2018 12:46

Facebook endi sizni yuzingizdan taniydi!

Eng keng tarqalgan ijtimoiy tarmoq o‘z foydalanuvchilarining yuzlarini tanish tizimini faollashtirdi. Facebook kompaniyasi ushbu funksiyani joriy etish bo‘yicha ish boshlagani o‘tgan yilning oxirida ma’lum bo‘lgan edi.

O‘QING: Facebook’ka yana bir muhim funksiya qo‘shilmoqda – u endi sizni har yerdan topa oladi!

Yuzni tanish funksiyasi Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida hamda Kanadada ishlamaydi – mahalliy qonunchilikka mos kelmasligi sababli. Ulardan tashqari barcha mamlakatlarda hozirda foydalanuvchilarni tarmoqdagi suratlarini tanib olish tizimi amal qila boshlagan.

Mazkur funksiyaning mohiyati shundan iborat: sizning biror suratingizni kimdir Facebook’ka joylasa, garchi unga sizni belgilamasa-da, tizimning o‘zi u yerdan sizni tanib oladi. Tanib olingan kishilarga bu haqda bildirishnoma keladi.

Ta’kidlanishicha, yuzlaridan tanish funksiyasi foydalanuvchilarga o‘z shaxsiy hayotiga aralashgan – maxfiy suratlarini e’lon qilgan shaxslarni aniqlash va bu borada o‘z huquqini himoya qilish imkonini beradi. Shuningdek, ko‘rish qobiliyati pastroq bo‘lgan kishilar, rasmda yuzini aniq ko‘ra olmasalar-da, fotosuratda kim tasvirlanganini shu funksiya orqali aniqlay oladilar.

Foydalanuvchini yuzidan tanish tizimi dastlabki sozlamalar bo‘yicha barcha uchun faollashtirilgan. Ammo mazkur funksiyani o‘chirib qo‘yish ham mumkin – buning uchun Facebook sozlamalarida yangi – «Yuzni tanish» («Raspoznavaniye lits») bo‘limi paydo bo‘lgan, unga mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

Shuningdek, kompaniyaning ogohlantirishicha, vaqt o‘tishi bilan ijtimoiy tarmoqqa yuzlarni avtomatik tanishga asoslangan yangi funksiyalar ham qo‘shib boriladi.

O‘QING: Yuzni asrang, endi Facebook’ka aynan u bilan kirasiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!