Facebook foydalanuvchilari mobil qurilmalardan kirish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Facebook foydalanuvchilari mobil qurilmalardan kirish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Bugun internet foydalanuvchilarining qariyb hammasi Facebook ijtimoiy tarmog‘iga a’zodir. 2016 yilning ikkinchi choragida ham Facebook jahondagi eng ommalashgan ijtimoiy tarmoqligicha qoldi. 30 iyun kuni holati bo‘yicha 1,7 mlrddan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan, har kuni bir milliarddan ortiq a’zo tashrif buyuradi. Bu o‘tgan yilgidan 15 foizga ortiq ko‘rsatkichdir. Qizig‘i shundaki, 1,57 mlrd foydalanuvchi mobil qurilma orqali kiradi.

Smartfon va planshetdan kiradigan faol foydalanuvchilar soni ham 1 mlrddan oshib qoldi. Bu statistika Messenger, Facebook mobil ilovasi va mobil versiyalari orqali kiradiganlarni o‘z ichiga oladi. O‘tgan yili ular soni ancha kam edi.

Faol foydalanuvchilar soni ortishi bilan kompaniyaning daromadi ham o‘sib bordi. O‘tgan yilning mazkur choragi bilan taqqoslaganda Facebook ko‘rgan foydasi uch barobar oshib, 2,06 mlrd dollarni tashkil etdi. Facebook endi e’tiborini videokontentga qaratishni rejalashtiryapti. Eslatib o‘tamiz: avvalroq kompaniya video striming texnologiyasini takomillashtirishni boshlagan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.