Facebook'ning "aqlli" kolonka va videoqo‘ng‘iroq devaysi qancha turishi ma’lum bo‘ldi

Facebook'ning

Mark Sukerberg korporatsiyaci dasturiy ta’minotdan keyin apparat ta’minoti vositalari ishlab chiqarib, Apple'ga qarshi yurish qilmoqchiga o‘xshaydi. Facebook shu kunlarda Apple HomePod kolonkasi va Google Home planshetiga qarshi muqobil raqib tayyorlamoqda. Bu to‘g‘rida Bloomberg nashri xabar bermoqda.

Manbaalarning ma’lum qilishlaricha, Facebook kompaniyasining Building 8 nomli laboratoriyasida ayni paytda 2 ta gadjet ustida izlanishlar olib borilmoqda. Birinchisi — "aqlli" kolonoka analogi bo‘lib, u Echo Amazon devaysiga o‘xshab ketadi: mikrofon, dinamik, displey va shaxsiy ovozli yordamchiga ega. Ikkinchisi — sensor ekranining diagonal 13-15 dyuym bo‘lgan planshetsimon qurilma. Bu qurilma birinchi navbatda keng burchakli ilg‘or kamera vazifasini bajaradi va foydalanuvchiga videoqo‘ng‘iroqlarni sifatli amalga oshirish imkonini beradi.

Facebook hozircha "aqlli" kolonka uchun alohida platforma yaratmoqchi emas. Boisi, bu smart-karnay Android'da ishlaydi.

Jahonga esa bu gadjetlar 2018 yilning bahori arafasida bo‘lishi kutilayotgan F8 anjumanida taqdim qilinadi. Uning oddiy talqini $100 (Apple HomePod gadjeti uchun $350 dollar so‘ramoqda), displeyli kolonkaning narxi esa 200 dollardan oshadi. Uning displeysiz talqini hamyonbopligi  bilan hammaga ma’qul bo‘ladi.

Mazkur qurilmalar funksiya-vazifalariga ko‘ra, foydalanuvchiga Facebook xizmatlaridan unumli foydalanishlariga yordam beradi. Ya’ni, ular kompaniyaning xos-gadjetlari bo‘lishadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!