Facebook Germaniyada soxta xabarlarni filtrlaydigan tizimni ishga tushiradi

Facebook Germaniyada soxta xabarlarni filtrlaydigan tizimni ishga tushiradi

Bundan ikki oycha muqaddam Facebook kompaniyasi shu nomli ijtimoiy tarmoqda tarqalayotgan soxta xabarlarga qarshi kurashishi haqida Facebook xabar qilgan edik. Oradan biroz muddat o‘tib, Facebook shu maqsadga ximat qiladigan mexanizmni yaratib, uni birinchi bo‘lib AQShda sinab ko‘rdi.

3D News saytining ma’lum qilishicha, endilikda soxta xabarlarni filtrlaydigan mexanizmni Facebook Germaniyada ishga tushirishni rejalashtirgan. Sinov ishlari tez orada boshlanishi kutilmoqda. Germaniya rasmiylarining fikricha, mazkur ijtimoiy tarmoqdagi soxta xabarlar mamlakatda kuz oylarida o‘tkaziladigan saylovlarga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Yaqin kunlarda Facebook`ning Germaniyada istiqomat qiluvchi foydalanuvchilari tarmoqda paydo bo‘lgan soxta xabarlarni belgilash imkoniyatiga ega bo‘ladilar, shundan keyin ushbu xabarlar Berlindagi Correctiv notijorat tashkilotiga tahlil uchun jo‘natiladi.

Facebook bunday filtrni 2017 yil davomida boshqa mamlakatlarda ham qo‘llashni rejalashtirgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.