Facebook guruhli videochatlar uchun alohida ilova tayyorlamoqda

  •   DiMaX
  •  918
  •  06.07.2017 10:24

Facebook guruhli videochatlar uchun alohida ilova tayyorlamoqda

Facebook ijtimoiy tarmog‘i jamoasi foydalanuvchilarning guruhlarda videomuloqotlar qilishlari uchun alohida dastur ustida ishlamoqda. Bu haqda kompaniyaning rejalari bilan tanish bo‘lgan manba xabar berdi, deb yozadi The Verge nashri.

Bonfire deb ataluvchi mazkur ilova yaqinda ijtimoiy tarmoq xodimlariga namoyish etilgan. Guvohlarning xabar berishlaricha, Facebook’ning yangi mahsuloti guruhli videochatlarga mo‘ljallangan Houseparty ilovasining klonidir. Houseparty dasturiy ta’minoti esa, Meerkat striming mobil servisi o‘rniga Life On Air kompaniyasi tomonidan yaratilgan edi.

Manbaning ta’kidlashicha, Bonfire’ning taqdimoti shu yilning kuziga mo‘ljallangan. Biroq mazkur ilova xususida Facebook vakillari hozircha biror ma’lumot berishmagan.

Nima bo‘lganda ham, yaqin orada bu to‘g‘rida rasmiy ma’lumotlar chiqib qolsa kerak. Ulardan birinchilar qatorida xabar topish uchun bizdan uzoqlashmang.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.