Facebook hamrohlarni izlash funksiyasini patentladi

Facebook hamrohlarni izlash funksiyasini patentladi

Biror manzilga borishni rejalashtirsak va aksiga olib transport vositasi uchramayotgan mahalda ayni o‘sha yerdan o‘tadigan biror tanishimiz uchrab qolgan paytlar bo‘lgan. Feysbuk yaqinda yangi funksiyani patentladi, unda aynan bir tadbirga boradigan foydalanuvchilarni tez topish imkoniyati bo‘ladi.

Patentda yozilishiga ko‘ra, hamroh izlash funksiyasi “Tadbirlar” sahifasida bo‘ladi. Ayni bir manzilga boruvchilar o‘zaro topishib olishlari uchun bu yangi qulaylikdir. “Bormoqchiman” yoki “Bormoqchi emasman” kabi taqdim etilgan variantlar orasida “Mashinamda bormoqchiman” va “Mashinada bormayman” variantlari ham bo‘ladi.

Biror manzilga yo‘l olgan haydovchi o‘zi istagan yo‘lovchilarni saralab olishi mumkin, masalan, do‘stlar yoki boshqa birovlar. Ularning sonini ham ko‘rsatsa bo‘ladi. Undan tashqari batafsil saralash filtri bor: qiziqishlari, qayerda o‘qishi va boshqa shaxsiy ma’lumotlari bo‘yicha tanlanadi.

Mazkur funksiya yangi tanishlar orttirish, mablag‘ni tejash va tabiatni chiqindi gazlar bilan ifloslanishi oldini oladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!