Facebook joniga qasd qilmoqchi bo‘lganlarni qutqaradi

Facebook joniga qasd qilmoqchi bo‘lganlarni qutqaradi

Gigant ijtimoiy tarmoq Buyuk Britaniyada o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganlarning hayotini saqlab qolishga xizmat qiladigan funksiyani tatbiq etmoqda. Bugungacha bu virtual vosita AQSh va Astraliyada tajriba sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, joriy qilingan edi.

Uning yordamida tarmoq foydalanuvchilari o‘z joniga qasd qilishni reja qilgan tushkunlikdagi boshqa bir foydalanuvchi to‘g‘risida Britaniyada o‘z joniga suiqasd qilishni kamaytirish bilan shug‘ullanadigan Samaritan xayriya tashkilotiga xabar berishlari mumkin.

Do‘stiga ruhiy va ma’naviy ko‘mak zarur deb hisoblagan foydalanuvchilar Facebook’dagi Help Centre (Ko‘mak markazi) orqali xayriya tashkilotini sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan fojiadan ogohlantiradilar. Shundan so‘ng, xayriya tashkiloti xodimlari suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lgan insonning Facebook’dagi sahifasiga kirib, mavjud holatni va suiqasd elementlarini o‘rganadilar. Xabar o‘z tasdig‘ini topgach, tushkunlikdagi foydalanuvchi hayotini asrab qolish yuzasidan amaliy ishga o‘tadilar.

Xayriya tashkiloti tomonidan 2015 yilda taqdim etilgan hisobotda qayd etilishicha, 2011-2013 yilda mamlakatda 6,708 ta o‘z joniga qasd qilish holatlari aniqlangan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.