Facebook LinkedInning nonini yarimta qilmoqchi

Facebook LinkedInning nonini yarimta qilmoqchi

Facebook kompaniyasi yaqin orada Facebook at Work xizmatini ishga tushirmoqchi. Yangi xizmat ishga doir LinkedIn ijtimoiy tarmog‘iga raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda.

Facebook at Work biznes masalalari va ish faoliyati bo‘yicha aloqalar o‘rnatishga mo‘ljallangan. Yangi platforma dizayni feysbukka o‘xshash: yangiliklar lentasi, shaxsiy xabarlar almashish, “yoqdi” bosish orqali qaydlarni saqlash va hokazo.

Xabarga ko‘ra yangi xizmatning qo‘shimcha imkoniyatlariga ega bo‘lish uchun Facebook foydalanuvchilarga oylik badal to‘lovi joriy qilishni rejalashtiryapti. Facebook at Workni yopiq tarzda sinash shu yil yanvarida boshlangan.

LinkedIn ijtimoiy tarmog‘ining 90 mln faol a’zosi bor. Undan tashqari Google va Microsoftning korporativ xizmatlari Facebookka raqobatchi bo‘ladi.

Ta’kidlash kerakki, ko‘plab kompaniyalar xodimlarning bekor vaqt sarflashi oldini olish uchun ish vaqtida Facebookni to‘sib qo‘yishmoqda. Facebook auditoriyasi bugunga kelib 1,5 mlrddan oshadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!