Facebook Messenger’da M Assistant ishga tushirilmoqda

  •   DiMaX
  •  1016
  •  07.04.2017 10:50

Facebook Messenger’da M Assistant ishga tushirilmoqda

Dunyodagi eng keng tarqalgan mazkur ijtimoiy tarmoqning Messenger ilovasida yangi funksional – M Assistant ishga tushirilmoqda. Bu haqda Aitarget saytining Telegram kanalida xabar beriladi.

Oldin mazkur yordamchi yopiq beta-testerlar doirasida joriy etilgan, endi esa uning funksiyalari tobora foydalanuvchilar uchun ham joriy etilib bormoqda. Xabarga ko‘ra, funksional dastlab AQShdagi foydalanuvchilar uchun joriy etiladi. Qolgan mamlakatlardagi foydalanuvchilar uchun esa M Assistant ikki oy ichida amal qila boshlaydi.

M Assistant turli vaziyatlarda qanday stikerdan foydalanish mumkinligini aytib turadi, uchrashuv belgilash yoki pul o‘tkazishlarda yordam beradi.

Uni faollashtirish uchun foydalanuvchi hech nima qilishi shart emas. Shunchaki, Messenger orqali do‘stlaringiz bilan muloqot qilishda davom etaverasiz. Qachonki M Assistant biror nimada foydasi tegishini payqab qolsa, u o‘zi suhbatga qo‘shiladi.