Facebook Messenger’da onlayn to‘lov imkoniyati paydo bo‘ladi

Facebook Messenger’da onlayn to‘lov imkoniyati paydo bo‘ladi

Ilovaning so‘nggi versiyasiga onlayn to‘lovlarni bevosita amalga oshirishga ko‘maklashadigan 30 000 ta bot qo‘shilgan. Ushbu botlar yordamida tashqi to‘lov resurslariga o‘tmasdan ilovaning o‘zidan onlayn to‘lovlarni o‘tkazish mumkin.

Mazkur funksiya kecha o‘tkazilgan TechCrunch Disrupt konferensiyasida Facebook Messenger rahbari Devid Markus tomonidan ommaga tanishtirilgan. Uning aytishicha, tez orada messenjerda Visa, MasterCard, American Express, Stripe, PayPal va Braintree kabi onlayn to‘lov tizimlari yo‘lga qo‘yiladi.

Ilovadagi tegishli chatlarda “Buy now” (Hozir xarid qilish) tugmasini bosish orqali foydalanuvchi onlayn to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi. Buning uchun, albatta, foydalanuvchi o‘zining to‘lov kartasini messenjerga bog‘lashi talab etiladi.

Ushbu fuknsiya ayni paytda beta-testlarda dasturchilar tomonidan sinovdan o‘tkazilmoqda.