Facebook Messenger’da shifrlash funksiyasi paydo bo‘ldi

Facebook Messenger’da shifrlash funksiyasi paydo bo‘ldi

Ferra.ru nashrining xabar berishicha, Facebook ijtimoiy tarmog‘iga tegishli Messenger xizmatiga chat xabarlarini shifrlash funksiyasi tatbiq etildi.

Ijtimoiy tarmoq dasturchilari shu yilning iyul oyida cheklangan foydalanuvchilar orasida maxsus sinovlarni o‘tkazgan edi. Endilikda xabarlarni shifrlash funksiyasi barcha – 900 mln Messenger foydalanuvchilari uchun taqdim etiladi.

Chatdagi xabarlarni shifrlash  uchun Facebook Messenger’da Whatsapp servisida ishlatiladigan Signal Protocol’dan foydalaniladi. Funksiya avtomatik tarzda ishlaydi, uni faollashtirish shart emas.

Funksiyadan Secret Conversation bo‘limi orqali foydalanish mumkin. Mazkur bo‘limdagi chatlarda to‘liq yoki uzviy shifrlash (End-to-end encryption) yo‘lga qo‘yilgan. Bunday xabarlarni faqatgina ikki tomongina (yuboruvchi va qabul qiluvchi) o‘qiy oladi. Faqat matn va stikerlarni shifrlash qo‘llab-quvvatlanadi, video va animatsiyali tasvirlar uchun hozircha ushbu funksiya amal qilmaydi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!