Facebook orqali ‘Ovqat buyurtma qilish’ga nima deysiz?

Facebook orqali ‘Ovqat buyurtma qilish’ga nima deysiz?

Facebook o‘zining ilovasida ovqatga buyurtma berish xizmatini sinovdan o‘tkazmoqda. Endi bosh menyudagi gamburger belgisini bossangiz, Facebook sizga shu yaqin atrofdagi buyurtmaga taom yetkazib beruvchi tamaddixonalar ro‘yxatini taqdim qiladi.

Bu ro‘yxat orqali tamaddixonalarning Facebook tarmog‘idagi sahifasiga o‘tish mumkin. Bu yerdagi “Buyurtma berish” funksiyasi orqali tamaddixonaning menyusidan taomni tanlasa bo‘ladi. Ilova orqali choy-chaqa uchun pul to‘lash ham mumkin.

Ovqat buyurtma qilish xizmati hozircha cheklangan hududlarda sinov tariqasida joriy qilingan.

Facebook tarmog‘i bir muddat avval Delivery.com va Slice kabi yirik tamaddixonalar tarmog‘i bilan buyurtmaga taom yetkazib berish bo‘yicha shartnoma qilgan edi. Yangi xizmat g‘oyasi aynan shu hamkorlik natijasi bo‘lsa, ajab emas.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!