Facebook qurilmalar ishlab chiqaruvchi bo‘linmasini ochdi

Facebook qurilmalar ishlab chiqaruvchi bo‘linmasini ochdi

Facebook kompaniyasi qurilmaviy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha bo‘linmani ochdi, deb yozadi «Hi-tech.mail.ru». Bu haqda kompaniya asoschisi Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida ma’lum qildi. U Building 8 deb nom oldi, yangi biznesni esa Google’dagi innovatsion texnologiyalar va loyihalar bo‘limi rahbari Regina Dugan boshqardi.

скачанные-файлы-7-680x347

Facebook vakillari ta’kidlashicha, Building 8 eksperimental tadqiqotlar o‘tkazilib, virtual reallik va sun’iy intellekt sohasidagi mahsulotlar ishlab chiqariladigan o‘ziga xos laboratoriyaga aylanadi. Bo‘linmani yaratishdan ko‘zlangan global maqsad — kompaniyaga «dunyoni birlashtirish bo‘yicha missiya»da yordam beruvchi yechimlarni yaratishdan iborat.

Google’ga ishga kirgunicha, Dugan AQSh mudofaa vazirligining DAPRA yangi texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha agentligi rahbari lavozimini egallagan. U «ishlab chiqishning DAPRA’sifat uslubi» Building 8’da ishlatilishini ma’lum qildi.

Manba: Daryo.uz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.