Facebook ta’riflar orqali rasm qidirish funksiyasini ishga tushirdi

Facebook ta’riflar orqali rasm qidirish funksiyasini ishga tushirdi

Facebook kompaniyasi ijtimoiy tarmoqda kalit so‘zlardan tashqari, sodir bo‘layotgan hodisa ta’rifini keltirgan holda rasmlar qidirish funksiyasini ishga tushirdi, deb xabar bermoqda vc.ru nashri. Hozircha mazkur yangilikni tarmoqning AQShdagi foydalanuvchilari ishlatib ko‘rishlari mumkin.

Sun’iy intellekt asosida ishlaydigan Lumos algoritmi keltirilgan ta’riflarga mos tasvirlarni aniqlab, uni foydalanuvchiga taqdim qila oladi. Masalan, “qora futbolka” deb yozilgan qidiruv uchun, algoritm qora futbolka kiygan barcha odamlarning rasmini ko‘rsatadi (bu so‘z rasm izohida keltirilmagan bo‘lsa ham).

Kelgusida Facebook mazkur algoritmni odamlarning bajarayotgan harakatini aniqlashga o‘rgatishni maqsad qilgan. Bu orqali algoritm muayyan harakatdagi odamlarning suratlarini berilgan ta’riflar orqali aniqlayda va izlash natijalarida aks ettiradi.

Hozircha yangi funksiyaning qachon boshqa mamlakatlarda paydo bo‘lishiga aniqlik kiritilmagan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!