Facebook yana ishlamayapti – unga VPN orqali kiring!

  •   DiMaX
  •  2205
  •  17.09.2018 09:55

Facebook yana ishlamayapti – unga VPN orqali kiring!

O‘zbekistonda yana Facebook ijtimoiy tarmog‘iga ulanish bilan bog‘liq muammolar kuzatilmoqda. Bu haqda «Podrobno.uz» saytiga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Garchi oddiy kirishda mazkur saytga ulanib bo‘lmayotgan esa-da, Facebook VPN servisidan foydalanganda binoyidek ishlamoqda.

O‘QING: VPN nima o‘zi?

O‘zbekistonda ushbu ijtimoiy tarmoq bilan bog‘liq muammolar bu gal 16 sentyabr, soat 17:00 lardan boshlangani qayd etilgan.

Downdetector servisiga ko‘ra, Italiya, Polsha, Germaniya va Buyuk Britaniyada ham foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqqa kirishda muammolarga duch kelmoqda.

Demak, Facebook’ka kirish uchun biror VPN servisidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: O‘zbekistonda VPN taqiqlanib, undan foydalanganlar jazolanadimi?