Facebook yangiliklarning asosiy yetkazuvchisiga aylandi

  •   DiMaX
  •  1082
  •  20.06.2017 12:55

Facebook yangiliklarning asosiy yetkazuvchisiga aylandi

Ogilvy  xalqaro aloqa agentligi bosma ommaviy axborot vositalarining 250 nafarga yaqin muharri va muxbirlari orasida so‘rov o‘tkazdi. Uning natijalariga ko‘ra, bugungi kunda Facebook ijtimoiy tarmog‘i yangiliklarning asosiy yetkazuvchisiga aylangan.

Tadqiqot yakunida aniqlanishicha, so‘rovda ishtirok etganlarning 39 foizi yangi ma’lumotlarni aynan Facebook’dan olishar ekan. So‘ralganlarning 32 foiz qismi yangiliklardan an’anaviy ommaviy axborot vositalari yordamida xabar topishlarini e’tirof etishdi.

Bu borada Google hissasiga 15%, Twitter’ga esa – 4% to‘g‘ri kelmoqda, deyiladi xabarda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!