Facebookda yilning eng ko‘p muhokama qilingan mavzulari ro‘yxati tuzildi

Facebookda yilning eng ko‘p muhokama qilingan mavzulari ro‘yxati tuzildi

Mavzular muhokama qilish oralig‘i 2015 yilning yanvaridan dekabrigacha muddatni o‘z ichiga oladi.

Birinchi o‘rinda AQSh prezidentligiga saylovlar mavzusi muhokamalar markazida bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda Parijdagi terakt hodisalari foydalanuvchilar diqqatini tortgan.

Undan keyingi o‘rinda Suriya urushi va qochoqlar masalasi ko‘p muhokama etilgan. O‘nlikka Nepaldagi zilzila, bir jinsli nikohlar, Yunoniston qarzi masalasi, IShIDga qarshi kurash, Charlie Hebdo tahririyatiga hujum, Baltimordagi noroziliklar va Charlstondagi ommaviy qotillik muhokamasi kirgan.

Ijtimoiy tarmoqda siyosatchilardan eng ko‘p Barak Obama, AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp, Braziliya prezidenti Dilma Russeff tilga olingan.

Tadqiqotga ko‘ra “Yulduz janglari: Kuch uyg‘onishi” filmi va “Toj-taxt fitnalari” seriali feysbukchilar muhokamasi markazida bo‘lgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!