Farg‘onada yo‘lkira haqqini to‘lash avtomatlashtirildi

Farg‘onada yo‘lkira haqqini to‘lash avtomatlashtirildi

«TezCard» Farg‘ona shahridagi jamoat transportida ham yo‘lkira haqqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushirdi. Bu haqda nashrimizga TezCard dasturchi-kompaniyasi xabar qildi.

Ushbu loyiha Farg‘ona ahliga va mehmonlariga deyarli barcha ommaviy transport yo‘nalishlarda zamonaviy va qulay to‘lov usulini taqdim qiladi. Yo‘lovchilarning qulayligi uchun yo‘lkira haqqini to‘lash jarayoni maksimal darajada soddalashtirilgan: TezCard kartasini maxsus terminalga (validatorga) tekkizishning o‘zi kifoya.

Shuningdek, avtomatlashtirilgan tizimi yordamida yo‘lovchilar bilan hisob-kitob qilish vaqti qisqaradi, to‘lovlar yig‘imi ko‘tariladi,barcha tranzaksiyalarning shaffofligi ko‘tariladi, statistika uchun axborot yig‘ish imkoni ochiladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, «TezCard» shu yilning may oyida Samarqanddagi 33 ta yo‘nalishda jamoat transportida yo‘l kirani naqd pulsiz to‘lash tizimi joriy etgan edi.

O‘QING: Tadbirkorlar faoliyatini tekshirish elektron yuritiladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!