Farrosh, qorovul, choy tarqatuvchi... O‘zbekistonda kimlar IT-mutaxassisdan IKKI KARRA KO‘P maosh oladi?

  •   DiMaX
  •  1983
  •  12.04.2021 10:20

Farrosh, qorovul, choy tarqatuvchi... O‘zbekistonda kimlar IT-mutaxassisdan IKKI KARRA KO‘P maosh oladi?

Avvalroq O‘zbekistonda dasturchilar qancha maosh olishi e’lon qilingan edi. Ko‘pincha dasturchilar, umuman axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari yaxshi maosh oladi, degan qarash mavjud. Lekin aslida hamisha va hamma yerda ham unaqa bo‘lavermas ekan.

O‘QING: Lazizbekning hikoyasi: Qanday qilib 19 yoshda oyiga $1000 dan ko‘p daromad topish mumkin?

Feysbuk foydalanuvchilaridan biri Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining milliy vakansiyalar bazasida RASMIY e’lonlarga qarab, qiziq faktni aniqlagan. «MMFI» milliy tadqiqot yadro universiteti tomonidan e’lon qilingan vakansiyaga ko‘ra, Axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘limi boshlig‘i lavozimi uchun oylik maosh miqdori 1 107 307 so‘mni tashkil etar ekan:

Tasavvur qilyapsizmi, oliy o‘quv yurtida, muhim yo‘nalishdagi bo‘lim boshlig‘i uchun shunaqa maosh taklif etishyapti.

Endi esa Axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan e’lon qilingan mana bu vakansiyalarda taklif etiladigan oylik maoshlar miqdorlariga e’tibor bering:

Ko‘rib turganingizdek, Qorovul, Idish yuvuvchi, Xizmat xonalari farroshi va hatto Choy tarqatuvchi lavozimlarida ham AKT mutaxassisidan (tag‘in bo‘lim boshlig‘idan!) ikki baravardan ham oshiq – 2 272 400 so‘m oylik maosh berilar ekan. Ishonmasangiz, har bir lavozim nomiga joylangan havolalar orqali o‘tib, o‘sha vakansiyalarni o‘zingiz ko‘rishingiz mumkin. Bittasining sahifasidan olingan skrinshotni esa keltiryapmiz:

Xullasi kalom, nima demoqchi ekanimizni tushundingiz: agarki O‘zbekiston zamon bilan hamnafas taraqqiy etish yo‘lini tanlagan ekan, bunda haqiqatan kerakli mutaxassislarning ishini munosib baholash ham zarur. Toki ularni har tomonlama rag‘batlantirib bormas, yurtimiz ravnaqi yo‘lida jon kuydirib ishlashlarini ta’minlamas ekanmiz, biror ijobiy natijaga erishish qiyin.

O‘QING: Oyiga 5 000 – 7 000 dollar daromad topayotgan 23 yoshli dasturchi Sardor Islomov bilan suhbat

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!