Fazodan eshitilgan tortishuv mavjlari “vaqt mashinasi”ni yaratishga sabab bo‘ladi

Fazodan eshitilgan tortishuv mavjlari “vaqt mashinasi”ni yaratishga sabab bo‘ladi

 

16 iyun kuni LIGO loyihasining bir guruh falakiyotshunos olimlari Yerdan 1 milliard yorug‘lik yili uzoqlikda to‘qnashgan ikki qora tuynukning tezkor harakati oqibatida yuzaga kelgan ovozning detektorda qayd etilganini e’lon qilishdi. “Asr kashfiyoti” sifatida baholanayotgan gravitatsiya to‘lqinlarining ovozi o‘tgan asrda Eynshteyn bashorat qilgan “Tortishuv qonuni”ning to‘g‘ri ekanini isbotlaydi.

Fiziklarning aytishicha, bu mavjlar biri quyoshdan 36 marta, boshqasi 29 marta yirik bo‘lgan, soniyasiga 250 marotaba bir-birini aylanib chiqayotgan 2 ta qora tuynukdan tarqalgan. So‘ngra ular birlashib, hajmi 62 ta quyoshga teng keladigan massa hosil qilishgan. Bularning barchasi Yer vaqti bilan soniyaning 5 dan 1 qismiga teng vaqtda sodir bo‘lgan.

Olimlar bu ovozni barmoqlarni pianinoning eng past ovoz klavishlaridan o‘rta ovozgacha tezkor harakatlantirganda chiqadigan ovozga o‘xshashini aytishmoqda.

Qora tuynuklar tarqatayotgan tortishuv mavjlari olimlarga sayyoramizning o‘tmishini o‘rganishga xizmat qiladigan “vaqt mashinasi”ni yaratishlariga turtki bo‘lishi mumkin.

2020 yilda e’lon qilishi kutilayotgan eLISA loyihasi fazoga 3 dona, bir-biridan oralig‘i million kilometr bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshlarni uchiradi. Bu uskunalar fazo kengliklarini o‘rganib, to‘lqinlarni yanada aniqroq tutishga yordam beradi.

Vaqt makonidan taralayotgan, ilk marotaba aniqlangan tortishuv to‘lqinlari qora tuynuk va kuygan yulduzlar tomonidan tarqatiladi va ular insoniyatning o‘tmishga sayohat qilishiga yordam berishi mumkin.

Eynshteyn 1915 yilda “Tortishuv nazariyasi”ni e’lon qilganida moddiyat va qora tuynukdan tarqalgan yuqori quvvatning to‘qnashuvi Yerning geometrik shakllanishiga sabab bo‘lganini bayon qilgan edi. Bu to‘lqinlardan taralgan quvvat sayyoralarni harakatlantiradi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.