Find X flagmani xususiyatlarini OPPO rasman ma’lum qildi

  •   DiMaX
  •  973
  •  13.06.2018 13:14

Find X flagmani xususiyatlarini OPPO rasman ma’lum qildi

OPPO kompaniyasining Find X modeli uning tarixidagi eng ilg‘or smartfon bo‘lishi kutilayotir. 19 iyun kuni Parijda taqdim etiladigan bu flagmanning asosiy jihatlari kechagina rasman ma’lum qilindi.

O‘QING: OPPO Find X: flagmanning xususiyatlari o‘zgacha

Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi OPPO rasmiy akkauntida Find X flagmani tizeri e’lon qilindi. Unda mazkur qurilmaga nisbat berib kelingan jihatlar rasman tasdiqlangan.

Rasmiy posterga qaraganda, OPPO Find X chindan ham ilg‘or Qualcomm Snapdragon 845 protsessori bazasida ishlaydi. Uning tezkor va doimiy xotiralari hajmi tegishlicha 8 hamda 256 gigabaytni tashkil etishi ham bu tizerda aks ettirilgan. Bulardan tashqari, TENAA saytidagi ma’lumotga qaraganda, mazkur flagman yana bitta – doimiy xotirasi 128 gigabaytlik modifikatsiyada ham chiqariladi.

Darvoqe, rasmiy tizerdagi shisha piramida shakliga e’tibor bergandirsiz? Bu – ushbu smartfonning taqdimoti o‘tkaziladigan Luvr muzeyiga ishora.

OPPO Find X korpusining o‘lchamlari 156,7x74,3x9,4 millimetrga, vazni esa 186 grammga teng bo‘lishi aytilmoqda. Uning o‘ta tezkor quvvatlash – Super VOOC texnologisiga hamda qiyofani 3D-skanerlash tizimiga ham ega bo‘lishi haqida mish-mishlar yuribdi.

O‘QING: Eng qudratli Android-smartfon aniqlandi – u yetakchi kompaniyalarga tegishli emas!