Firefox brauzeri endi kuchsiz kompyuterlarda ham yaxshi ishlaydi

  •   DiMaX
  •  871
  •  17.04.2017 11:05

Firefox brauzeri endi kuchsiz kompyuterlarda ham yaxshi ishlaydi

Veb-brauzerlar qurilmaning tezkor xotirasi hajmiga o‘ta bog‘liq dasturlar qatoriga kiradi. Shu bois ham dasturchilar, ish vaqtida kamroq xotira egallashi uchun brauzerlarni hamisha optimallashtirib borishadi.

Masalan, o‘tgan yili Chrome dasturi tezkor xotirani avvalgisiga nisbatan 50 foizga kam talab qiladigan bo‘lib qoldi. Mozilla kompaniyasi esa yanada katta qadam tashladi – uning Firefox dasturi yangi versiyasida brauzerni har bir kompyuterning aynan o‘ziga, aniqrog‘i – tezkor xotirasining bo‘sh joy hajmiga moslab sozlash imkoniyati vujudga kelmoqda.

Firefox chet kengaytmalar bilan ham yaxshi kelishadi, ammo, Mozilla’ning ta’kidlashicha, ulardan ayrimlari kompyuter ishini sezilarli darajada sekinlatishi mumkin. Shu bois ishlab chiquvchilar brauzerga «Firefox’ni optimallashtirish» tugmachasini kiritishmoqchi. Unda brauzer o‘chirib-yoqilganidan keyin barcha kengaytmalar yopiladi. Bu harakat zarurat tug‘ilganda brauzer ishini tezlashtirish imkonini beradi. Keyin foydalanuvchi kerakli kengaytmalarni o‘zi yoqib olishi mumkin bo‘ladi.

Firefox 55 versiyasida «Kontent-jarayonlar» degan yana bir foydali funksiya paydo bo‘ladi. Ayni damda Firefox faqat ikkita jarayonni (yadro va kontent uchun) qo‘llab-quvvatlaydi, lekin 55-versiyasidan boshlab u, xuddi Chrome va Safari singari, uchta yoki undan ortiq jarayonlar bilan ishlay oladigan bo‘ladi. Buning evaziga esa Firefox bir nechta varaqa ochiq turganida ham yaxshi ishlay biladi.

«Kontent jarayonlari sonining oshirilishi Firefox’ning bir necha varaqadan foydalanishda ham yanada tezkorroq ishlashiga yordam beradi, ammo bu xotirani ko‘proq sarflashga ham olib keladi», – deyishmoqda ishlab chiquvchilar.

Kuchsiz kompyuter sohiblari uchun yana bir imkoniyat taqdim etiladi – varaqalar, menyu va boshqa joylarda foydalanuvchi interfeysining animatsiyasini o‘chirib qo‘yish mumkin bo‘ladi.

Ta’kidlash kerakki, Firefox’da jiddiy o‘zgarishlar shu yilning oxiriga boribgina joriy etiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!