Fitbit aqlli soat chiqaradigan Pebble kompaniyasini sotib oladi

Fitbit aqlli soat chiqaradigan Pebble kompaniyasini sotib oladi

Fitnes –trekerlar ishlab chiqaradigan Fitbit kompaniyasi smartvotchlar tayyorlash bilan shug‘ullanadigan Pebble firmasini 40 mln dollarga sotib oladi, deb yozmoqda Tech Crunch.

Pebble so‘nggi paytlarda og‘ir moliyaviy inqirozni boshdan kechirayotgan edi, shu bois xariddan tushgan mablag‘ning ma’lum qismi firma qarzlarini qoplashga sarflanadi.

Eng qizig‘i, o‘tgan yilda boshqa soat ishlab chiqaradigan Sitizen kompaniyasi Pebble uchun 740 mln dollar taklif qilgan edi. Biroq ushbu kelishuv amalga oshmadi. Pebble 2 soatining taqdimotidan oldin Intel kompaniyani 70 mln dollarga xarid qilish istagini bildirgan edi. Afsuski, yuqoridagi ikkala taklif ham Pebble direktori Erik Mijikovski tomonidan rad etilgan.

Pebble so‘nggi paytda moliyaviy inqiroz sabab xodimlarning 20 foizini ishdan bo‘shatgan edi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.