Fizika bo‘yicha bu yilgi Nobel mukofotiga kimlar munosib?

  •   Saroy
  •  846
  •  02.10.2018 17:09

Fizika bo‘yicha bu yilgi Nobel mukofotiga  kimlar munosib?

2018 yilda fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlaridan biri sifatida Artur Eshkin (Arthur Ashkin) e’lon qilindi. U ushbu martabaga  optik pinset va uning biologiya sohasida qo‘llanishi uchun erishdi. Jerar Mur (Gerard Mourou) va Donna Striklend (Donna Strickland) esa yuqoriintensiv ultraqisqa optik impulsni generatsiya qilish usuluni ishlab chiqqani uchun ushbu mukofotga loyiq ko‘rildi.

Arthur Ashkin 

Nobel mukofoti summasi aniq aytilmagan, u  Alfred Nobelning bankda qoldirgan hisobidagi foizlar asosida shakllantiriladi. Shu bois mukofot miqdori har yili o‘zgarib turadi, garchi hozirgi kurs bo‘yicha bir million dollar atrofida bo‘lsa-da.

Sovrindorlarga berilgan mukofotning eng yuqori miqdori 2007 yilda qayd etilgan edi. O‘shanda bitta mukofot hajmi 1,56 million dollarni tashkil etgandi.  2012 yilda mazkur jamg‘arma bank hisobidagi kapital miqdorining kamayib ketmasligi uchun barcha mukofot summalarini 20 foizga qisqartirib tashladi. Bu yil mukofot razmeri 9 million kronaga (hozirgi kurs bo‘yicha 1 million AQSh dollaridan ozgina kam) teng.

O‘QING:Bo‘lajak daholar qaysi oyda tug‘iladi?

O‘tgan yili fizika bo‘yicha Nobel mukofotini  Rayner Vayss, Barri Berish va Kip Tornlar «LIGO detektorida hal qiluvchi hissa qo‘shgani va gravitatsion to‘lqinlarni kuzatgani uchun» olishgan edi. Olimlarning ushbu izlanishlari tufayli koinotshunoslar samodagi uzoq ob’yektlarni kuzatish uchun yana bir kanalga ega bo‘lishdi.

2016 yilda esa fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori etib Dunkan Xaldeyn, Devid Tauless va Maykl Kosterlitslar tan olindi. Ular topologik fazali o‘tish nazariyasini ishlab chiqqanlari uchun mashhur bo‘ldilar.

O‘QING:2018 yilgi Shnobel mukofoti laureatlari e’lon qilindi

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.